Men sensiz naylarman,
Izlayin qaylardan?
Qalbim axir yonar,
Yana g`amga qonar.

Ko`ngil endi abad,
Yondi, yonar faqat.
Qalbim seni istar,
Vasling sari qistar.

Sevgi hissi albat,
Mangu dilda qolar.
Ohimga bir bor yet,
Sevgilim, meni avf et.

So`yla yor, meni unutdingmu,
Chiqardingmu yuragingdan?
Qadring kech angladim,
Sendan o`zga bilan.

Ko`ngil endi abad,
Yondi, yonar faqat.
Qalbim seni istar,
Vasling sari qistar.

Sevgi hissi albat,
Mangu dilda qolar.
Ohimga bir bor yet,
Sevgilim, meni avf et. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Avf et
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2019