Bugun sening to`ying,
O`zgaga yor bo`lding, yor bo`lding.
Baxtsiz qilding meni,
Sen kerak eding, kerak eding. (x2)
(Kechir, jonim, kechir, jonginam meni,
Xafa qilib qo`ydim seni. (x2))
Kechirim so`ramagin,
Ayb sendamas, mendamas.
Endi bu hayot menga,
Hech ham kerakmas, yetar, bo`ldi bas.
Kim majbur qildi seni,
Oq libos kiyishga, ko`z yosh to`kishga?
Ota-onangmi yoki
O`sha boyvochcha? O`sha yurakcha?
(Kechir, jonim, kechir, jonginam meni,
Xafa qilib qo`ydim seni. (x2))
O`ylayman… Yig`layman…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 9, 2015