[Shahzod Rahimov]
U, mani-mani sabrim ado,
Gadoying man-u man-o, he hey, hey.
Negadir bu holatim-a
Umuman topmadim man davo, he hey, hey.
Kechami yo kunduzmi, farqiga bormayman,
O`zimga sig`may bugun hasratda yonaman.
Nima deyaverasan kelolmay bir qarorga?
Nega meni solasan to`zon-u g`uborga?
Alvido, alvido, ko`rishmaymiz bundan buyon,
Jonim, alvido, janonim.
Alvido, alvido, ko`rishmaymiz bundan buyon,
Endi, azizim, alvido.
Mana endi o`zingdan ko`r,
Izlama, yetar so`zlama, he hey, hey.
Bo`ldi kech, kech,
Qaytmayman endi hech, he hey, hey.
Kechami yo kunduzmi, farqiga bormayman,
O`zimga sig`may bugun hasratda yonaman.
Nima deyaverasan kelolmay bir qarorga?
Nega meni solasan to`zon-u g`uborga?
Alvido, alvido, ko`rishmaymiz bundan buyon,
Jonim, alvido, janonim.
Alvido, alvido, ko`rishmaymiz bundan buyon,
Endi, azizim, alvido.
[Jahongir Poziljonov]
Alvido…
Alvido degan so`z o`zi nima, bilasanmi?
Alvido degani – bu san bilan boshqa ko`rishmaymiz degani.
San mani, man san umuman ko`rmaymiz, so`zlasholmaymiz,
Saning so`zingni man tinglay olmayman,
Maning so`zimi san tinglay olmaysan.
Erta-indin ko`chada yurishim bor, oshna-og`aynigarchilik,
Choyxona-palov, osh ustida maning ustimdan kuladigan gaplar
Bo`lishiga harakat qilmasliging kerak edi!
To`ydan keyin ota–onangiz bilanmas, alohida yashaymiz,
Demasliging kerak edi.
Mana oxir-oqibat nimaga yetib keldik?
San bilan xayrlashishga to`g`ri keladi.
Man, man, chunki man ota-onamni yaxshi ko`raman, tushundingmi?
Sandaqalardan topib olish oson, shuning uchun mana endi alvido!
Понятно?
Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serovga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 25, 2016