ForMusic Pro - Kun sayin

ForMusic Pro

Kun sayin

Mendan kun sayin, kun sayin ko`ngling sovib bormoqda,
Balkim sening bu ko`ngling mendan juda uzoqda.
Bu orzular nahot bir bor, xayollar bo`ldi sarob,
Qayerdasan, ber sado, ovozing ekan menga davo.

Men esa ko`nglimni sendan uzolmayman,
Xatoyim, ayt, mening sevganimmi? Aybim bilolmayman.
Sevadi, seviladi bu yuraklar, lek sen ila yashar qancha oshiqlar,
Axir mana men ham oshig`ingman, tun bo`lsang, kunduzingman.

Sezmaysan nega? Barbod bo`lmoqda sevgimiz,
Go`zalim bergin imkoniyat yana birga bo`lamiz.
Balki meni umuman sevmagandirsan, ko`nglingni o`zgalarga bog`lagandirsan,
Hey, aslo kechmayman, hey aslo chekinmayman.

Aslo unutib bo`lmas birga o`tgan kunlarni,
Sezaman, sening ko`ngling sovib, unutmoqda meni.
Asta-asta sekin balki meni unutarsan,
Lek bir kun kelib bu kunlarni eslarsan.

Shunda ko`zlaring sog`inchdan to`kadi yosh,
Alam iztirob ila berishi qiyin bardosh.
Ayriliqqa oz qadam, to`xta, bir bor o`yla,
O`yin emas edi senga bo`lgan tuyg`ular.

Ber imkon meni bu so`zlarimga,
Seni eltaman haqiqat baxt ertaklariga.
Xayoldagi malikamsan, maning yolg`iz erkam,
Qancha sen uchun sevgim isbotlasam kam.

Orzularga berilma, o`ylamagin xom xayol,
Bag`rimga bosay kel, rashq qildi qalbim zavol.
Sevgimiz mevasi, orzuim haqiqat o`zi,
Bugungi kun borligi, seni menga uchratgani.

Sezmaysan nega? Barbod bo`lmoqda sevgimiz,
Go`zalim bergin imkoniyat yana birga bo`lamiz.
Balki meni umuman sevmagandirsan, ko`nglingni o`zgalarga bog`lagandirsan,
Hey, aslo kechmayman, hey aslo chekinmayman.

Mendan kun sayin, kun sayin ko`ngling sovib bormoqda,
Balkim sening bu ko`ngling mendan juda uzoqda.
Bu orzular nahot bir bor, xayollar bo`ldi sarob,
Qayerdasan, ber sado, ovozing ekan menga davo.

Men esa ko`nglimni sendan uzolmayman,
Xatoyim, ayt, mening sevganimmi? Aybim bilolmayman.
Sevadi, seviladi bu yuraklar, lek sen ila yashar qancha oshiqlar,
Axir mana men ham oshig`ingman, tun bo`lsang, kunduzingman.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kun sayin
Xonanda:
ForMusic Pro
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 20, 2016