Oy chiqqanda ko`rgandim,
Oy to`ldi-ku, Nargizxon.
Piyolaga yuz qayta choy
To`ldi-ku, Nargizxon. (x2)

Yana hajringizga
Qaydan olay toqatni? (x2)
Yurak degan shunday keng joy
To`ldi-ku, Nargizxon.

Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.
Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.

Durrachani dol qo`yib,
Yurgan ko`changiz tor-da.
Janon, kuyga o`xshaysiz,
Sayrab turgan dutorda. (x2)

Netay, oshiqlaringiz
Safi qator-qatorda? (x2)
Osmonimga oh bilan
Dod to`ldi-ku, Nargizxon.

Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.
Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.

Sevgi guli barq urib,
Balandladi avj urib,
Sizga oshiqligimni
Turibdi hamma bilib.
Sizga oshiqligimni
Turibdi hamma bilib.

Boshqa go`zallar yonimdan
O`tar endi lab burib, (x2)
Dilim diydoringizga
Zor bo`ldi-ku, Nargizxon.

Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.
Oh Nargizxon, qo`ymaysiz omon,
Mehringizdan umidvorman hamon.

Oh Nargizxon… qo`ymaysiz omon…
Mehringizdan umidvorman hamon.
Oh Nargizxon…

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nargizxon
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2016