Ochilgan-sochilgan bo`stonda
Ta’rifi betakror g`azalsan. (x2)
Yulduzlar sig`magan osmonda
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Aylanay tengi yo`q mulkingdan,
O`zgalar tutolmas ilkingdan.
Sirlarga ko`milgan kulgingdan,
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Poyingda yig`lagum kuy bitib,
Hayotim ma’nisin qand etib.
Xayolim to`risin band etib,
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Serjilva ayoldan qo`rqaman,
Nojoiz xayoldan qo`rqaman,
Aldamchi visoldan qo`rqaman,
Ro`molda juda ham go`zalsan.

Yuragim hijronga bulg`anmas,
To`lg`ongan sochlarga to`lg`onmas.
Cho`chimay ishon, bu yolg`onmas,
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

O`zga qalb zabt etmas yerimsan,
Birov yod olmagan she’rimsan.
Onang ham bilmagan sirimsan,
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Ochilgan-sochilgan bo`stonda
Ta’rifi betakror g`azalsan.
Yulduzlar sig`magan osmonda
Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Ro`molda juda ham go`zalsan,
Ro`molda go`zalsan, go`zalsan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ro’molda
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2019