Hovlimizga qorlar yog`di pag`a-pag`a,
Qorbobolar yasab bering menga tog`a. (x2)
Yoshlik davri dunyoda eng go`zal chog`-a?
Esladim, kuyladim seni qo`shiq boshlab,
Bolaligim, qayga ketding meni tashlab?
Onam aytgan allasida sen bor eding,
Injiqlig-u, sho`xligimda bisyor eding.
Saman otni o`ynamasam, “xayr” deding,
G`irromlik qilma-da o`zing o`yin boshlab,
Bolaligim, qayga ketding meni tashlab?
Soyda oqsa kulcha nonlar shirin edi,
To`y-to`y o`ynab, kim kuyov, kim kelin edi. (x2)
Dilafruzni sevganim ham sirim edi,
Sen yo`g`ingda qo`ydi sevgi ko`zim yoshlab,
Bolaligim, qayga ketding meni tashlab?
Yo`qotmadim, suratimda – xonamdasan,
Ko`nglimdasan, qo`shig`imda, nolamdasan.
Ovunchog`im, erkatoyim – bolamdasan,
Xafa qilmay, o`ynatib yur ko`nglim xushlab,
Bolaligim, menga ketding meni tashlab?
Umrimizning soatlari yelday yelar,
Men bobomni tushlarimda ko`rgim kelar,
Umrimizning har bir kuni yelday yelar,
Men bobomni tushlarimda ko`rgim kelar.
Ona bag`ringga bosh qo`yib yotgim kelar,
Chortog`imga olib ketgin qo`lim ushlab,
Bolaligim, qayga ketdim seni tashlab?
Hovlimizga qorlar yog`di pag`a-pag`a,
Qorbobolar yasab bering menga tog`a…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.