Mahallamning boy qizi,
Osmonimning yulduzi.
Xafa bo`lma, uchrashgani
Borolmayman kunduzi.
Ko`chang to`la sovchilar,
Sovchi emas, ovchilar.
Mening qanday yigitligim
Hali bilmabdi ular.
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo`ymasin,
Sevgimizga qarshilar
To`yda o`ynasin.
Eshik oshiq-moshig`i
G`ichirlaydi-yo,
Tunda oshiq-mashuqlar
Pichirlaydi-yo.
Sendek qizning ko`nglini
Ololmasam-o,
Majnun og`am meni aslo
Kechirmaydi-yo.
Mahallamning boy qizi,
Xayolimning o`grisi.
Boray desam, qorong`udan
Qo`rqamanda, to`grisi.
Qo`yma jonim alamga,
Aylangin yagonamga.
Mehr bilan kulishlaring
O`xshaydida onamga.
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo`ymasin,
Baxtli bo`lsin deganlar
Shu qo`shiqqa ovoz bering.
(Qo`shiq kodi 23)
Eshik oshiq-moshig`i
G`ichirlaydi-yo,
Tunda oshiq-mashuqlar
Pichirlaydi-yo.
Sendek qizning ko`nglini
Ololmasam-o,
Majnun og`am meni aslo
Kechirmaydi-yo.
Mahallamning oy qizi,
Orzuyimning yulduzi.
Yor-yor aytib ko`changdan
Opketdim-a kunduzi.
Yangi hayot boshlandi,
“Oma uzr”, oshnalar,
Yangi kuyov daydisa-ey,
Kelin ko`zi yoshlanar.
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo`ymasin,
Baxtli bo`lsin deganlar
To`yda o`ynasin.
Eshik oshiq-moshig`i
G`ichirlaydi-yo,
Tunda oshiq-mashuqlar
Pichirlaydi-yo.
Sendek qizning ko`nglini
Ololmasam-o,
Majnun og`am meni aslo
Kechirmaydi-yo. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 19, 2017