Shamol… Shamol… {x2}
Shamol mening yuragimni ham
Shoxdan-shoxga otib, urar.
Yerda yotgan xazin yaproqni
Qo`lga olib tez yugurar. (x2)
Shamol… Shamol…
Yulqib tashlar ko`ylaklaringni,
Ro`molingni hilpiratadi. (x2)
Suv mavjiga teskari to`lqin
Solib dilni jimirlatadi.
Shamol… Shamol…
Shamol buncha erka bo`lmasa?
Qo`ymaydi hech kimni holiga.
U kimlarning ozod ruhidir,
O`xshar kimning hur xayoliga.
Shamol bilan bog`lar oralab,
Mazza qilib charx urdi ko`nglim.
Yuragimdan dunyo g`uborin,
Aritmoqqa ulgurdi ko`nglim.
Shamol… Shamol…
Shamol mening yuragimni ham
Shoxdan-shoxga otib, urar.
Yerda yotgan xazin yaproqni
Qo`lga olib tez yugurar. (x2)
Shamol… Shamol… {x2}