Default thumbnail

Alisher Fayz

Voy-voy

Bir go`zaldan rayhon olib, {x2}
O`rniga berdim va’da.
Va’da bahonasida so`rdim:
“Makoning qayda?”

Diydoriga yetmoq uchun
Yuborgandim sovchilar.
Hamma o`qi xato ketib,
Xomush qaytdi ovchilar.

O`zlari oy, otasi boy,
Holimiz voy, voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Qizlari ekan yolg`onchi,
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Aldadi mani yolg`onchi qiz,
Voy, voy, voy.

O`zlari oy, otasi boy,
Holimiz voy, voy, voy, voy.

Ranjitdilar, alamda ketdim ozib,
G`arib oshiq yuragiga choh qazib. (x2)
Xudoyorxon qarindoshim bo`lganida,
Yurarmidim qo`shiq aytib, she’r yozib?

Xudoyorxon qarindoshim bo`lganida,
Yurmas edim qo`shiq aytib, she’r yozib?
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Qizlari ekan yolg`onchi,
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Aldadi mani yolg`onchi qiz,
Voy, voy, voy.

Soyga qarab oqar ekan soybola,
Kamina ham hali ekan toybola. (x2)
Yillar o`tib keyin alam qilmasmu,
Oshiq yigit bo`lganida boy bola?

Yillar o`tib keyin alam qilmasmu,
Alisherjon bo`lganida boy bola?
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Qizlari ekan yolg`onchi,
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Aldadi mani yolg`onchi qiz,
Voy, voy, voy.

O`zlari oy, otasi boy,
Holimiz voy, voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Qizlari ekan yolg`onchi,
Voy, voy, voy.

Otasi ekan falonchi,
Tog`asi ekan pistonchi,
Aldadi mani yolg`onchi qiz,
Voy, voy, voy.

Yondirdi mani, kuydirdi mani,
Aldadi mani yolg`onchi qiz,
Voy, voy, voy, voy,
Voy, voy, voy.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Voy-voy
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 5, 2019