Men shoir emasman, davoyim ham yo`q,
Yozganlarim – orzularim, dardlarim.
Meni ko`p kuydirgan go`zal qizlarga,
Aytadigan uch-to`rt og`iz gaplarim.
Shu baxtli kunlarni beorom kutgan, {x2}
Jonim bolam debon, dunyoni unutgan,
Onamga deb yig`lab yozgan xatlarim.
Men shoir emasman, davoyim ham yo`q.
Ko`kdan boshimga tosh bo`lib yog`sa g`am,
Men kulib kuylasam, g`amlarga alam.
Sizdayin oddiy bir insonman men ham,
Lek shoir emasman, davoyim ham yo`q.
Sizdayin oddiy bir insonman men ham,
Lek shoir emasman, davoyim ham yo`q.
Onamning mehridan ko`ksim tog` bo`lib,
Sevgidan mast bo`lib, vaqtim chog` bolib,
Siz uchun kuylayman, yursam sog` bolib,
Yurt uchun kuylayman, yursam sog` bo`lib.
Men shoir emasman, eh, davoyim ham yo`q,
Yozganlarim – qayg`ularim, baxtlarim.
Sizdek qaro ko`zlar mehriga qonib,
Yurakda asragan xolis gaplarim.
Aytadigan uch-to`rt og`iz gaplarim,
Onamga deb yig`lab yozgan xatlarim.
Men shoir emasman, davoyim ham yo`q!
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.