Anvar Sanayev - Yig'lama jonim qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Yig’lama jonim

Meni eslab, sevgan yoringning
Quchog`ida to`lg`onma, jonim.
Menga bergan va’dalaringni
Unutolmay qiynalma, jonim.

Jon-u dildan sevdirib, sevib,
Nozli-nozli boqqan ham o`zing.
Lablarimga labingni qo`yib,
Qalbimga o`t yoqqan ham o`zing.

Yig`lama, jonim,
Qiynama, jonim. (x2)

Meni eslab, sevgan yoringning
Quchog`ida to`lg`onma, jonim.
Menga bergan va’dalaringni
Unutolmay qiynalma, jonim.

Endi boshqa bizning yo`limiz,
Qo`ygin yolg`on va’dalaringni.
Uzatsak ham, yetmas qo`limiz,
O`z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig`lama, jonim,
Qiynama, jonim. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lama jonim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018