Bugun oqshom oy to`lgach,
Yurak parcha yo`qoldi.
Aybim maning o`zimda,
Turmadim man so`zimda.
Uni berdim o`zga qo`lga,
Aylanar bugun so`lgan gulga.
To`g`ri yo`ldan ketarman
Boshim oqqan tomonga.
Ko`zda yoshing art endi,
Yuragimni ezma endi.
Qo`ng`iroqlar qilma endi,
Ortiq meni sevma endi.
Sen meni kechirgin bugun,
Oppoq libos kiyibsan bugun.
So`nggi so`zim eshitgin mening, {x2}
Men deya sen yig`lama bugun.
Sen ko`zda yoshing art,
Men deya yig`lama, yuraging tig`lama.
Yoshlik payti esla, sog`insang gar qo`msa,
Qo`ng`iroqlar qilma, holimni hech so`rma. (x2)
Kelding gulim, ketma yig`lab,
Yurak tig`lab, sevgim eslab.
Men esa sog`inchimni
Yengarman bir amallab.
Haqiqatga tik boqarman,
Taqdirga tan berarman,
Senga esa baxt tilarman. (x2)
Men deya sen yig`lama bugun…
Sen ko`zda yoshing art,
Men deya yig`lama, yuraging tig`lama.
Yoshlik payti esla, sog`insang gar qo`msa,
Qo`ng`iroqlar qilma, holimni hech so`rma. (x2)
Men deya sen yig`lama bugun…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 1, 2016