Bahodir Mamajonov - Qora ko'z qo'shiq matni, lyrics

Bahodir Mamajonov

Qora ko’z

Sirli-sirli nigohlaring chorasiz,
Ayt ey jonim, endi qayga boramiz?
Shunchalar ham olismikan oramiz,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Shunchalar ham olismikan oramiz,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Qaldirg`ochdek chug`urlagan senmasmu,
Erkalanib qiqirlagan senmasmu?
Xayolimni o`g`irlagan senmasmu,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Xayolimni o`g`irlagan senmasmu,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Eh qora ko`z, qora ko`z, qora ko`z,
Nahot meni tanimading, qora ko`z? (x2)

Unutdingmu ifor olib gullardan,
Sochlaringni yashirganing yellardan?
Bitta bahor o`tmay turib dillardan,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Bitta bahor ketmay turib dillardan,
Nahot meni tanimading, qora ko`z?

Eh qora ko`z, qora ko`z, qora ko`z,
Nahot meni tanimading, qora ko`z? (x2)

Yodingdamu mast qilganing sharobday,
Quchog`imda yonganlaring olovday? (x2)
Bir savol bor o`z-o`ziga javobday:
Nahot meni tanimading qora ko`z? (x2)

Eh qora ko`z, qora ko`z, qora ko`z,
Nahot meni tanimading, qora ko`z? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qora ko’z
Xonanda:
Bahodir Mamajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2018