Yo Rab, ul yuzni dame, ko’zimga pinhon aylama,
Yo ko’zumni ondin o’zga yuzga hayron aylama. (x2)
Chehrasig’a mezbon o’lsun ko’zum, bu chehrani,
Ko’zlarim uyidin, o’zga uyga mehmon aylama.
Yo Rab, yo Rab… Yo Rab, yo Rab…
Ochmayin zulfin parishon, ko’nglima chektirmoq,
Yetmayin ohim yeli, zulfin parishon aylama.
Boshima quyidin o’zga kuyni qilma vatan,
Kuyida boshimdin o’zga boshni g’alton aylama.
Yo Rab, yo Rab… Yo Rab, yo Rab…
Ey ko’ngul, davr ahlidin, ming yilchiliq yo’l go’sha tit,
Yo alardin, etsa yuz ming g’ussa afg’on aylama.
Istasang ey gul, Navoiydek xushlixon bulbul ey,
G’unchadek ko’nglim, malomat holidin qon aylama.
Yo Rab, ul yuzni dame, ko’zimga pinhon aylama,
Yo ko’zumni ondin o’zga yuzga hayron aylama.
Yo Rab, yo Rab… Yo Rab, yo Rab…
Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serovga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 19, 2016