Shimimga qarab kulma, asalim,
Ko`p xingir-xingir-xingir
Deb buzmagin asabim, ey jonon.
Zamondan ortda qolgan bo`lsang kerak,
Poshnali poyabzal, katak klyosh,
Sochlarim telpak, chiroyliman.

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh.

Qo`limda tanburim, shu barmoqlarim dadil,
Man ting`ir, ting`ir, ting`irni
Boshlayman hozir, beshubha.
Qishlog`ida san’atimni yaxshi ko`rarlar,
Hatto qarsaklar o`rniga
Toshlar ham otib turarlar.

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)

Dr-lang, dum-dum,
Qani lapardan olaqol endi, dum-dum.
Choponning beliga, nog`oraga gum-gum,
Kel-kel yor, qani raqsim alik.

Mana shu harakatim hali raqsda yangilik,
Bir qiyo boqqin, boshqachaman.
Ha-hu, ko`ngil qo`ygan bo`lsam, ha ko`rgin hozirlik,
E klyosh hurmati, xo`pmi jonim?

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Klyosh
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2017