Yuragimda jaranglaydi
Mungli bir navo,
Axtaraman, topolmayman
Dardimga davo. (x2)

Muhabbat deb sho‘rlik yurak
Ko‘rdi ko‘p jafo,
Jondan ortiq suygan yorim
Ekan bevafo. (x2)

Chaling, momo, chaling,
Do‘mbirangizni chaling,
G‘am-anduhni unutib,
Bir raqs tushay.

Chaling, momo, chaling,
Do‘mbirangizni chaling.
Ayting, momo, endi
Usiz qandoq men yashay?

Qizil ro‘molini ilib,
Mani azobga do‘st qilib,
Muhabbatim o‘yin qilib,
Ketdi u bag‘rimni tilib.

Qizil ro‘molini ilib,
Mani azobga do‘st qilib,
Muhabbatim o‘yin qilib,
Ketdi bag‘rimni voy tilib.

Sira topa olmam chora,
Yuragim bo‘ldi pora.
Momo, do‘mbirangiz chaling,
Ko‘ngil yengil topsa zora. (x2)

Chaling, momo, chaling,
Do‘mbirangizni chaling,
G‘am-anduhni unutib,
Bir raqs tushay.
Chaling, momo, chaling,
Do‘mbirangizni chaling.
Ayting, momo, endi
Usiz qandoq men yashay? (x1+x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (Bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Momo
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2023