Sovchi qo`ysam, tegmayman deb,
Noz qilding-a, ey Sayyora.
Otang seni bermayman deb,
Kuydirdi-ya, ey Sayyora.
Laylo, sendan ko`nglim qolib
Bormoqda-ya, hey, tobora. (Sayyora)
Mening uchun bundan buyon
Endi faqat, hey, Sayyora. (Sayyora)
Baland tog`dan keldim-da,
Belbog`im bor belimda.
Menday jigit kamdan kam
Qashqadayro elingda, elingda.
Baland tog`dan uylanay deb keldim-da!
Sovchi qo`ysam, tegmayman deb,
Noz qilding-a, ey Sayyora.
Otang seni bermayman deb,
Kuydirdi-ya, ey Sayyora.
Ey Sayyor, yuzta qo`zim bor desam,
Yuzta moli bordan ham sovchi kelgan deysan!
A balki yuzta oti bordan ham sovchi kelgandir?!
Ja sizga ana oshiqona bo`lib qolgan joyimiz yo`q.
Siz bo`lmasangiz, mana Salima-yu, Halima, Nigora,
Ziyoda, Malika, Farida, Aziza-yu, Shahnoza-yu,
Dilnoza-yu, Gulsara-yu, Saidalar bor.
Ha, ja ko`chada qolib ketgan jigit emasmiz.
Ja bo`lmasa, mana “zapas”da Laylo turibdi.
Yuzta qo`zi, qo`yim bor,
Pahlavonday bo`yim bor,
Hay, ketmasam bo`lmaydi,
Samarqandda to`yim bor.
Yuztagina qo`yim bor-a,
To`yim bor-a, to`yim bor.
Noz qildingku-ya, Sayyora
Ado qildingku-ya, Sayyora.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 3, 2016