Ko`chamizdan o`tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo`sh demasdan,
Qarab qo`ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.
Yolg`on ekan suygani,
Hamma siri fosh bo`ldi.
Jondan ortiq sevar edim,
Endi bag`rim tosh bo`ldi.
Oq libosga burkanib,
Tashlab ketding san mani.
So`zsiz qoldim o`rtanib,
Ne ham derdim, maylida. (x2)
Ko`chamizdan o`tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo`sh demasdan,
Qarab qo`ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.
Bu taqdirmi yo balki
Men yo`l qo`ydim xatoga?
Qarg`amadim, shunchaki
Solib qo`ydim Xudoga.
Ko`z yoshlarim qa’riga
Cho`kib ketdi dil kema.
U turardi qarshimda
Ko`rmagandek hech nima. (x2)
Ko`chamizdan o`tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo`sh demasdan,
Qarab qo`ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.
Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Music)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 21, 2019