Bunyodbek Saidov - Juma muborak qo'shiq matni, lyrics

Bunyod Saidov

Juma muborak

Yetti kunning sultoni
Juma muborak boʻlsin!
Duo, zikr imkoni,
Ayyom muborak boʻlsin! (x2)

Juma muborak boʻlsin!
Ayyom muborak boʻlsin!
Ulugʻ kunning fayzidan
Koʻngillar nurga toʻlsin. (x2)

Shukur, yetdik shu kunga,
Koʻngil toʻlar taskinga,
Haj maqomi miskinga,
Juma muborak boʻlsin!

Har qadamda hislat bor,
Fazilatli fursat bor.
Jamoatda hikmat bor,
Juma muborak boʻlsin!

Yetti kunning sultoni
Juma muborak boʻlsin!
Duo, zikr imkoni,
Ayyom muborak boʻlsin! (x2)

Juma muborak boʻlsin!
Ayyom muborak boʻlsin!
Ulugʻ kunning fayzidan
Koʻngillar nurga toʻlsin. (x2)

Forigʻ boʻlib gunohdan,
Chiqarmiz bu dargohdan.
Afv so’raylik Ollohdan,
Juma muborak boʻlsin!

Hech toʻxtamay duodan,
Soʻrang bugun Ollohdan.
Nur yogʻilar samodan,
Juma muborak boʻlsin!

Shirin diydor oni bu,
Yaxshiliklar koni bu,
Miskin uchun hajdir bu,
Juma muborak boʻlsin!

Kunlar sanab kutarmiz,
Bir hafta koʻz tutarmiz,
Jondan ziyod sevamiz,
Juma muborak boʻlsin!

Yetti kunning sultoni
Juma muborak boʻlsin!
Duo, zikr imkoni,
Ayyom muborak boʻlsin! (x2)

Juma muborak boʻlsin!
Ayyom muborak boʻlsin!
Ulugʻ kunning fayzidan
Koʻngillar nurga toʻlsin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Juma muborak
Xonanda:
Bunyod Saidov
Muallif:
Ergash Matkarimov
Bastakor:
Mansur Rajabov
Klipmeyker:
Sherzod Matrasulov
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
January 15, 2021