Davron Ali - Dadajonim qo'shiq matni, lyrics

Davron Ali

Dadajonim

Men o‘lsam, Dadamning qabriga qo‘ying,
Dadamni sog‘indim, quchoqlab yotay.
Dunyoda to‘ymadim diydorlariga,
U dunyo qo‘lidan mahkamroq tutay.

Gar o‘lsam kafanmas, ko‘ylak kiydiring,
Dadamning yoniga boray yasanib.
Ortimdan yig‘lamang, ruhim qiynamang,
“Yosin”ni ko‘p o‘qing, toza to‘sanib.

O‘lganim bildirmang onamga aslo,
Meni uzoqlarga ketdi, deb ayting.
Qizimni o‘ksitmang, u juda dono,
O‘g‘limni erkalab, hofiz deb ayting.

Qizimni o‘ksitmang, u juda dono,
O‘g‘limni erkalab, hofiz deb ayting.

Dadajonim, sog‘indim sizni juda,
Nahot, ko‘zlaringiz mangu uyquda? (x2)
Sizsiz shodlik-quvonchlarim behuda,
Ruhingiz bo‘lsin doim tinch va osuda. (x2)

Bu dunyoda o‘rinlari bilingan dadam,
O‘zi yemay, bizlar uchun ilingan dadam.
Bizni deya yuragi ko‘p tilingan dadam,
Endi gohida tushda ko‘ringan dadam.

Bizni deya yuragi ko‘p tilingan dadam,
Endi gohida tushda ko‘ringan dadam.

O‘rningiz bilindi bu uylarda,
Izingiz izladim men ko‘cha-ko‘ylarda. (x2)
Voyaga yetkazdi onam orzu-o‘ylarda,
Bosh bo‘lsangiz bo‘lmasmidi bizning to‘ylarda? (x2)

Bu dunyoda o‘rinlari bilingan dadam,
O‘zi yemay, bizlar uchun ilingan dadam.
Bizni deya yuragi ko‘p tilingan dadam,
Endi gohida tushda koringan dadam.

Bizni deya yuragi ko‘p tilingan dadam,
Endi gohida tushda koringan dadam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Samandar (@Shovshuvtv1)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dadajonim
Xonanda:
Davron Ali
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2020