Dildora Niyozova - Armon bo'ldi qo'shiq matni, lyrics

Dildora Niyozova

Armon bo’ldi

Oradan vaqt o`tib sen meni eslarmisan,
Yuragim yonganin balki sezgandirsan.
Nahot yolg`onmidi menga aytgan gaplaring?
Seni o`ylayabman, yana yig`layabman.

Oradan yillar o`tib sen meni eslarmisan,
Yuragim yonganin balki sezgandirsan.
Nahot yolg`onmidi menga muhabbating?
Seni o`ylayabman, yana yig`layabman.

Menga qo`shilib yig`ladi osmon, qara,
Yuragimda dard, seni o`ylab yara.
Sevgim armon bo`ldi, yurakka dog` boldi,
Qismatimdan kulib endi, qara, qara. (x2)

Yuragimdan sen o`chib ketishing kutayabman,
Azoblar birin-ketin o`tishin kutayabman.
Sevgining dardlarin yutishing kutayabman,
Seni o`ylayabman, nega yig`layabman?

Yuragimdan muhabbat o`tishin kutayabman,
Qorong`u kunlarim o`tishin kutayabman.
Soxta tuyg`ularing sezishing kutayabman,
Nega o`ylayabman, yana yig`layabman?

Menga qo`shilib yig`ladi osmon, qara,
Yuragimda dard, seni o`ylab yara.
Sevgim armon bo`ldi, yurakka dog` boldi,
Qismatimdan kulib endi, qara, qara. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon bo’ldi
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2018