Yuragim, oh mening yuragim,
Seni deb bezovta yuragim.
Ko`zlaring qo`msaydi pinhona,
Qiynalar oh mening yuragim.

Dardimga darmon bo`lib,
Yonimda paydo bo`lsang kechirardimmi.
Qo`limdan tutib, uzoqlarga olib ketsang,
Kechirardim.

Sevmagan, sevmagan,
U meni mendayin sevolmagan.
Sevmagan, sevmagan,
Balki u sevgini tushunmagan.

Yuragim, oh mening yuragim,
Seni deb bezovta yuragim.
Bo`lmay qoldi senga keragim,
Qiynalar oh mening yuragim.

Baxtsizman sensiz yor,
Ber imkon, kechir desang kechirardimmi.
Ko`nglimga ozor bermay,
Meni baxtga eltsang, kechirardim.

Sevmagan, sevmagan,
U meni mendayin sevolmagan.
Sevmagan, sevmagan,
Balki u sevgini tushunmagan. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragim
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 30, 2018