Dilshod Rahmonov - O'ylamadim qo'shiq matni, lyrics

Dilshod Rahmonov

O’ylamadim

Zo`r bo`lay deb zamonlarda,
Savdo qildim Eronlarda.
Ey, Oltiariq tomonlarda
Bir mehribon onam bor deb
O`ylamadim-ey!

Omad kelib savdolardan,
Uyim to`ldi tillolardan,
Maishat-u yallolardan,
Bir mehribon otam bor deb
O`ylamadim-ey!

Yo`llarimga ko`zlar tikib,
Suratimni har kun o`pib,
O`n besh yil meni kutib,
Gulnor kelin bo`ldi deb
O`ylamadim-ey…

Ko`ksi tog`day bo`lib yurgan,
Taqdiriga ko`nib yurgan,
Vodiyning tog`larida
Boychiborin minib yurgan
Do`stim bor deb o`ylamadim-ey!

Ey odamlar, odamlar,
Menga bunday qaramanglar.
Men boyvochchaman balki,
Holing na deb so`ramanglar-ey!

Kerak emas savdolari,
Maishat-u yallolari,
Boshga bolish bo`lmas ekan
Eronning ham tillolari-yey!

Zo`r bo`lay deb zamonlarda,
Savdo qildim Eronlarda.
Ey, Oltiariq tomonlarda
Bir mehribon onam bor deb
O`ylamadim-ey!

Omad kelib savdolardan,
Uyim to`ldi tillolardan,
Maishat-u yallolardan,
Bir mehribon otam bor deb
O`ylamadim-ey!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ylamadim
Xonanda:
Dilshod Rahmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2021