Dineyra - Aytgin nega

Dineyra

Aytgin nega

Nega, jonima, ostima-ustun
Vayronlikni eltasan?
Yana har dami go’yoki maftun,
Kelib hayron etasan,
Doim hayron etasan.

Ana mastona bo’ldi bu holing,
Maqsadingni aytmaysan.
Tomonimga ravona qadaming,
Aytgin neni istarsan?
Mendan neni istarsan?

Yo’limni to’sma, ovora bo’lma,
Bu ko’zlarimga berkinib qarama.
So’zimni bo’lma, xayolim buzma,
Yuragimga xazoningni sochma.

Aytgin nega, aytgin nega,
Inonasan o’zingga shunday?
Sevmayman dedimku ming bor.
Aytgin nega?
Aytgin nega, aytgin nega,
O’zgarmaysan, ayyorsan shunday?
Holimga qo’ymaysan bir bor,
Aytgin nega, aytgin nega?

Mani yonima kelmagin aslo,
Umuman unamaysan.
Zora, sevgi bo’larmidi paydo,
Deb aslo chekinmaysan.
Negadir chekinmaysan.

Yuragimda bu, o’zgasi bordir,
Sen qayerdan bilasan?
Samoviy xayolim bepoyondir,
Nega o’ylab ko’rmaysan?
Aslo anglab ko’rmaysan.

Yo’limni to’sma, ovora bo’lma,
Bu ko’zlarimga berkinib qarama.
So’zimni bo’lma, xayolim buzma,
Yuragimga xazoningni sochma.

Aytgin nega, aytgin nega,
Inonasan o’zingga shunday?
Sevmayman dedimku ming bor.
Aytgin nega?
Aytgin nega, aytgin nega,
O’zgarmaysan, ayyorsan shunday?
Holimga qo’ymaysan bir bor,
Aytgin nega, aytgin nega? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytgin nega
Xonanda:
Dineyra
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 15, 2014