Ne uchun yana sen,
Ne uchun qarshimda.
So`rama kechirim,
Hammasi esimda.
Axir o`zing mendan ketgan eding,
Mendan uni afzal bilgan eding.
U sen uchun mendan muhim edi,
U sen uchun mendan manzur edi.
Qani uzun zanjir va`dalaring,
Qani menga bo`lgan oqibating?
Qora ko`zingning qorachig`ida
Men uchun nur sochgan shafoating?
Bilaman, yana shirin tunlarga qaytging kelar, ye,
Bilaman, yana shirin orzuga qaytging kelar, ye.
Bilaman, endi kech, hammasi tugab bo`ldi,
Senda endi mening ko`nglim yo`q.
So`rama yuragim tubidan mehrni,
Endi kech, endi kech.
Axir o`zing mendan ketgan eding,
Mendan uni afzal bilgan eding.
U sen uchun mendan muhim edi,
U sen uchun mendan manzur edi.
Qani uzun zanjir va`dalaring,
Qani menga bo`lgan oqibating?
Qora ko`zingning qorachig`ida
Men uchun nur sochgan shafoating?
Endi menga kerakmas qora ko`zlaring,
Endi menga kerakmas shirin so`zlaring.
Kimlar undan shunchaki foydalandilar,
Endi menga kerakmas sening lablaring.
Endi menga kerakmas erkaliklaring,
Endi menga kerakmas sening sho`xliging.
Hammasi yonib ketdi yondirganingda,
Sensiz ham menga yaxshi sen yo`qligingda.
Axir o`zing mendan ketgan eding,
Mendan uni afzal bilgan eding.
U sen uchun mendan muhim edi,
U sen uchun mendan manzur edi.
Qani uzun zanjir va`dalaring,
Qani menga bo`lgan oqibating?
Qora ko`zingning qorachig`ida
Men uchun nur sochgan shafoating?
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 17, 2016