Farrux Hamrayev va Faxriddin - Voy-dod Odnoklassniki

Farrux Xamraev

Voy-dod Odnoklassniki

[Faxriddin]
– E aka, bu yoqqa keling, bu yoqqa keling.
[Farrux Hamrayev]
– Ie Faxi, qalay ishlar?
[Faxriddin]
– Qalay, nima gap? Mana buni ko`rdizmi?
[Farrux Hamrayev]
– Voy, mani qizimku bu.
[Faxriddin]
– Ha, mani qizim bo`ladi bu.
[Farrux Hamrayev]
– Qayerdan oldiz rasmni?
[Faxriddin]
– “Odno”dan olaman-da.
[Farrux Hamrayev]
– “Odno”dan? Voy…

[Farrux Hamrayev]
Voy-voy, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.
Voy-voy, voyey, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.

[Faxriddin]
“Otnosheniye” qo`yvopti, “druzya”lar yig`vobdi,
Soni ekan besh mingta, gaplasharmish “lichka”da.
Siz ko`rmagan qizingizning rasmiga qarang ko`p ekan,
Yeb qo`yibsiz, eh akajonim, bu qizingiz pismiq ekan.

[Farrux Hamrayev]
Voy-voy, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.
Voy-voy, voyey, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.

[Faxriddin]
– Ey aka siqilmang, qo`ysangizchi mani shu qizingizni,
Man o`zim sizga “takoy”ini topib beraman.
[Farrux Hamrayev]
– Eh, qayerdan topib berasiz manga?
[Faxriddin]
– “Odno”dan.

[Farrux Hamrayev]
– “Odno”dan? Ey bo`maydi “Odno”dan,
Manga onasi o`pmagan qiz kerak!
[Faxriddin]
Ey aka, bo`mabsiz, unaqada o`zingiz topib oling.

[Farrux Hamrayev]
“Odnoklassniki” degan balo qaydan chiqdi o`zi?
Kirmasligim bilib turib, yo`lg`on ekan so`zi.
“Otnosheniye” degan narsa o`zi nima ekan?
“Lichka”larda yozganlari nima, ukam?

[Faxriddin]
Eh akam, siz so`ramang, man gapirmay “lichka”ni,
“Otnosheniye” bor degani, demak bo`lar uning sevgani.
Siz bilmaysiz, eh akajonim, “Odno”dagi qizlarni,
Ular makri yomon bo`ladi, kiydirishar hammani.

[Farrux Hamrayev]
Voy-voy, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.
Voy-voy, voyey, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o`ralib “komment”da, o`tirarmish-ey “Odno”da.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Voy-dod Odnoklassniki
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016