Ey sanam, gul yuzlaring
Posbonimu payvasta qosh? (x2)
Lablaring uzra qizil gul
G`unchasi qo`yganmu bosh?
Ko`zlaring ko`rgach samo,
O`z aksidin mahliyo. (x2)
Navnihol ham qomating
Qarshisida egmasmu bosh?
Maylimu bersam savol:
Qaydin giriftori o`zing? (x2)
Ayt, chiroying baxridan
Bebaxra qay bir bag`ritosh?
Suvparimusan o`zing?
Aslingni Yahyo bilmadi.
Sochlaring har tolasin
Zar birla yuvganmu quyosh?
Sochlaring har tolasin
Zar birla yuvganmu quyosh?
Ey sanam, gul yuzlaring
Posbonimu payvasta qosh?
Lablaring uzra qizil gul
G`unchasi qo`yganmu bosh? {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 21, 2018