Faxriddin Umarov - Havasim keladi qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Havasim keladi

Olamda sen bilan ona shodligi, {x2}
Baxti, barhaqligi, umrbodligi.
Begard, bedardliging, saodatliging,
O`ksib, o`kinganing, dil barbodligi,
Havasim keladi senga, bolajon. {x2}

Sening ko`zing bilan ko`pni ko`rolsam,
Sening so`zing bilan dilga kirolsam, (x2)
Bosgan izing bo`lib, gulga o`ralsam,
Seni o`zing bo`lib qayta yaralsam,
Havasim keladi senga, bolajon. {x2}

Teran, tiniqlikda chashmasan, chashma,
Bu olam qarshingda qilar karashma. (x2)
Shunda san, bolajon hovliqma, shoshma,
Hamisha bahor deb yo`ldan adashma,
Havasim keladi senga, bolajon. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Havasim keladi
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 30, 2018