Faxriddin Umarov - Sevmaganmiding qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Sevmaganmiding

Sevgini yo`q deysan, aytchi birodar,
Umringda hech kimni sevmaganmiding? (x2)
Bu so`zing men uchun og`ir naqadar,
Ishqning qudratini sezmaganmiding? {x2}

Shubha bilan qarab Majnun ishqiga,
Farhodning sevgisin rad etding tamom.
Loyiq bo`lolmabsanda bir qiz rashkiga,
Na seva olmabsan, sevilmabsan ham. {x2}

Nahotki sarobdir ishqiy iztirob?
Nahotki sevgi ham faqat bir ro`yo?
Do`stlarim aytingiz, to`grimi shu gap,
Aldanib yurdikmu hammamiz ham yo?

Yo`q, yo`q, men sevgining mangu asiri,
Yolvordim, izidan soyadek kezdim.
Lekin bilolmadim nimadir siri,
Har ishda sevgining qudratin sezdim. {x2}

Sevgini yo`q deysan, aytchi birodar,
Umringda hech kimni sevmaganmiding?
Bu so`zing men uchun og`ir naqadar,
Ishqning ko`chasida kezmaganmiding,
Ishqning qudratini sezmaganmiding?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevmaganmiding
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 2, 2018