G'ayrat Usmonov - Ayirdilar qo'shiq matni, lyrics

G'ayrat Usmonov

Ayirdilar

Bahor chog`i olam yashnab kulganda,
Telba ko`nglim zavqu-shavqqa to`lganda, (x2)
Muhabbating endi asir bo`lganda, {x2}
Seni mendan, meni sendan ayirdilar. {x2}

Qaylardasan, ey ko`zlari xumorim?
Qaylardasan, ruhimdagi qarorim? (x2)
Qaylardasan, shirin-shakar dudog`im? {x2}
Seni mendan, meni sendan ayirdilar. {x2}

Seni eslab yondi yurak, qaytsangchi,
Seni eslab bitdi hijron, qaytsangchi, (x2)
Sensiz elda yo`qdir qadrim, qaytsangchi, {x2}
Seni mendan, meni sendan ayirdilar. {x2}

Seni mendan, meni sendan ayirdilar… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayirdilar
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 7, 2018