Dunyolardan tilab olgan dilbarimsiz,
Ko`ksimda gul, ko`klarimda hulkarimsiz,
Ko`zimdan yosh oqqanlari oqqan meni,
Qiyo boqmay yoqqaningiz yoqqan meni.
Yuzi jannat bog`laridan nishona qiz,
Nima desam suyganimga ishonasiz?
Bir qayriling, sizdan dunyo so`rarmidim,
Yoqtirmasam bog`ingizda bo`ylarmidim?
Qochmang mendan, misli o`tdan qochgandayin,
Sizni suyib, sizga yomon so`ylarmidim?
Yuzi jannat bog`laridan nishona qiz,
Nima desam suyganimga ishonasiz?
Ayriliqning qora kuni, tuni qursin,
Chehrangizda tong tabassum qilib tursin.
Erkalasam erkalayman hamon sizni,
Yomon o`yda qo`l uzatsam, qo`lim sinsin.
Yuzi jannat bog`laridan nishona qiz,
Nima desam suyganimga ishonasiz?
Erkalasam erkalashni bilarman-a,
Nari borsa sochingizni silarman-da,
Hali sizga qo`lim tegmay qochmang yorim,
Bir erkalik qilsam endi qilarman-da.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 8, 2016