Xurshid Rasulov - Ostonadan qaytgan sovchilar qo'shiq matni, lyrics

Xurshid Rasulov

Ostonadan qaytgan sovchilar

Ostonadan qaytgan sovchilar,
Mening ismim aytgan sovchilar,
Mendan uzr, sevgimdan uzr,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Biri onam, birlari xolam,
Ko`zlariga tor bo`lib olam,
Nahot shuncha baxtsiz deb bolam,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Bilmay sevdim olovni, muzni,
Bilmay sevdim bahorni, kuzni. (x2)
Endi qanday yupatay sizni?
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Poyingizga boshimni uray,
Xudoyimdan umrlar so`ray. (x2)
Bevafoni sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Boy qizini sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Music)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ostonadan qaytgan sovchilar
Xonanda:
Xurshid Rasulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 28, 2019