Bu diyorning xalqida
To’y bo’lmagan kuni yo’q,
Olamga tinchlik tilab,
O’tkazmagan tuni yo’q.
To’ylar qilsa qancha ko’p,
Mehmon kelsa ko’ngli to’q,
Elim bugun xalq bo’lib,
Birlashganingga qulluq.
Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)
Kim tinglabdi o’zga yurt
“Yor-yor”, o’lanlarini,
Baxtliligin anglaysan
Tinglab kalomlarini.
Hamma ko’rib bu yurtning
Go’zal bayramlarini,
Ahli olam havasda
Qarashganiga qulluq.
Yurtimga shu bayramlar
Yarashganiga qulluq.
Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)
Tinchlik va’da olamga,
Qomusi bo’lib posbon,
Har manzilu mavzelar
Obod, chaman, guliston.
Ushbu aziz vatanda
Azizdir barcha inson,
Muhabbat-la yuraklar
Qalashganiga qulluq.
Yurtimga shunday maqom
Yarashganiga qulluq.
Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 1, 2015