Ey, manim shirinzabon, oromijonim qaydasan,
Bu ko’ngil bo’stonida g’uncha dahonim qaydasan? (x2)

Necha kundir bu ko’ngil mushtoqi diydoring erur,
O’rgilay, ey dilbarim, shirinzabonim qaydasan? (x2)

Qaydasan, yor qaydasan, oromijonim qaydasan,
Qaydasan, yor qaydasan, ey mehribonim qaydasan? (x2)

Ayrilib man yordan bir necha kun bo’ldim judo,
Axtarib keldim sani, g’uncha dahonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so’rab,
Ey, manim xush mehribon, oromijonim qaydasan?

Ayrilib man yordan bir necha kun bo’ldim judo,
Axtarib keldim sani, g’uncha dahonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so’rab,
Ey, manim xush mehribon, oromijonim qaydasan?

Ko’zlarim ko’rmas bo’lib qoldi bu g’am sahrosida,
Hasratingda chiqdi bu ohu fig’onim, qaydasan?

Tashna labdur Mashrabon, bo’ldi yuragim ham kabob,
Furqatingda ey manim xush mehribonim qaydasan?

Qaydasan, yor qaydasan, oromijonim qaydasan,
Qaydasan, yor qaydasan, ey mehribonim qaydasan? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaydasan
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2015