Yo`ling tushsa olisga agar,
Xayolingda orzuday kezsam. (x2)
Gar o`rtanib uyg`onsam sahar,
Sog`inchingni yulduzdan sezsam. (x2)
Tunda agar qaytsang yiroqdan,
Yo`llaringning hiloli bo`lay. (x2)
Ko`ngling xira tortsa firoqdan,
Quyosh misol chehrang kulduray. (x2)
Yo`llar bosib toliqsang, yorim,
Darmon bo`lib, boshingga kelay.
Yagonamsan, sen iftixorim,
Kel, erkalab sochlaring silay.
Sen yurganda ko`tarilsa chang,
Oh, qo`ndirmasam zarracha g`ubor. (x2)
Va taratib yoqimli ohang,
Misralarin o`qisam takror. (x2)
Misralarin o`qisam takror…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 27, 2018