Ko`rmagan bo`lsam seni,
Hech oshno bo`lmas edim.
Bu aziz boshim ko`yingda
Gado bo`lmas edi.
Kuydirib ketding bu jonimni
Firoqing o`tida.
Istaging shunday esa,
Jonim fido qilmas edim.
Va’dalar shundaymidi?
Ey mahliqo, rostin degil.
Istaging shunday esa,
Jonim fido qilmas edim.
Va’dai-ahdingda turmakka
Qaroring yo`q ekan.
Xasratingda gul yuzimni
Hech qahrabo qilmas edim.
Nozi-istig`bod ila
Aqlimni olding, so`ngrakim
Tashlading bu xonumonimni,
Osiyo qilmas edim.
Bilmayin bosdim tikonni
Tortadirman dardini.
Bilganimda, ko`nglimni
Motamsaro qilmas edim.
Bilganimda, ko`nglimni
Motamsaro, dod, qilmas edim.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 16, 2018