Toki umrim boricha,
Ko`nglimdagi yorsan o`zing.
Nuridiydam, sen mening uchun
Nomus-u orsan o`zing.

Birga o`tdik tog`u-toshdan,
Dashtu-cho`l, gulzoridan.
Shukrkim, rohat-mashaqqat
Chog`i hamkorsan o`zing.

Shukrkim, rohat-mashaqqat, oh,
Chog`i hamkorsan o`zing.

Davru-davron avji kelsa,
Oshnolaring behisob.
Qayda deb so`rma alarni,
Bu dilda borsan o`zing.

Do`stni do`st dermu kishi
Yo`q ersa anga ehtiyoj?
Ey ko`ngil, bilgin sog`insang,
Do`sti hamkorsan o`zing.

Ey ko`ngil, bilgin sog`insang,
Do`sti hamkorsan o`zing.

Boisi shaydoligimni
So`rmakim begonadan.
Yori-jonimsan o`zing,
Do`stu-xabardorsan o`zing.

Yori-jonimsan o`zing,
Do`stu-xabardorsan o`zing.

Do`sti sodiqqa Azimiy,
Bo`lma hech bee’tibor.
Soxtalik bo`lsa dilingda,
Mangu abgorsan o`zing.

Toki umrim boricha, ho,
Ko`nglimdagi yorsan o`zing. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zing
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018