Mayli, meni alda, sevdim deb alda,
Sizgadir hayotim, sevgim deb alda,
Dunyoga siz uchun keldim deb alda,
Aldanib yashayin aldoqlaringga.
Achinib qarama, tikilma mahzun,
Azoblar men uchun o’qilsin tahsin,
Ko’zimdan qip-qizil ko’z yoshlar oqsin,
Mahkumlar bo’layin qiynoqlaringga.
Bilaman bularning barchasi xayol,
Barchasi javobin topmagan savol,
Bitta o’kinchim bor kelmasa malol –
Rozi bo’l tushimga kirmoqlaringga. (x2)
Maftun nigohlarim senga yoqmasa,
Mayli ko’zlarimdan ko’zmunchoq yasa,
Shaydurman sen qanday jazo xohlasang,
Mahkumlar bo’layin qiynoqlaringga.
Bu dunyo ko’hnadir, bu dunyo keksa,
Dardu-quvonch bo’lgay chidasa, cheksa,
Armonim yo’q edi lablarim tegsa
Barmog’im tekkan barmoqlaringga.
Bilaman bularning barchasi xayol,
Barchasi javobin topmagan savol,
Bitta o’kinchim bor kelmasa malol –
Rozi bo’l tushimga kirmoqlaringga. (x4)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 18, 2014