Nima, nimamish, endi sevmasmish,
Voy dod-ay, mendan xafamish. (x2)
Undoq desam ko`nmayabdi-da,
Bundoq desam ko`nmayabdida,
Yolg`izgina bu boshginamga
Azob berib, to`ymayabdi-da.
Bilmam, unga nimam yoqmaydi?
So`zlarimni aslo uqmaydi.
Yalinsam ham uydan chiqmaydi,
Qaytmas emish endi yoz-u qish.
Nima, nimamish, endi sevmasmish,
Voy dod-ay, mendan xafamish. (x2)
Ahad, ko`ndir bunday mag`rurni,
Yetti tog`dan baland g`ururni. (x2)
Hech ko`ndirib bo`lmas qurg`urni,
Kechirmasa ne qilarman, xo`sh? (x2)
Nima, nimamish, endi sevmasmish,
Voy dod-ay, mendan xafamish. (x2)
Bir, ikki, uch, to`rt, besh kun o`tdi,
Kelgin jonim, oh qadring o`tdi.
Pichoq kelib suyakka yetdi,
Osmonlardan endi biroz tush.
Nima, nimamish, endi sevmasmish,
Voy dod-a, mendan xafamish. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 13, 2018