Qoshing qarosi balo,
Netay, men unga shaydo?
Arzi-holimni ko`r,
Chamanda esgan sabo, o`rgilaman-ey,
Chamanda esgan sabo.
Arzi-holimni ko`r,
Chamanda esgan sabo, o`rgilaman-ey,
Chamanda esgan sabo.
Borib ayting, to`rg`aylar,
Ul g`arib kimni poylar?
Menday kuyganmu Layli-yo
Shuncha yil, shuncha oylar-o?
Shuncha yil, shuncha oylar?
Chertma, jo`ram, toringni,
Elga yoyma zoringni.
Tushimda ham ko`rmayman
Yurakdagi yorimni, o`rgilaman-ey,
Yurakdagi yorimni.
Tushimda ham ko`rmayman
Yurakdagi yorimni, o`rgilaman-ey,
Yurakdagi yorimni.
Gul shoxida bulbulni
Tutib olgim kelodi,
Ko`nglimdagi yorimni-yo
Kunda ko`rgim kelodi-yo,
Kunda ko`rgim-o kelodi.
Qaldirg`och qaro ekan,
Qanoti a’lo ekan,
Yoshlikda bergan ko`ngul
Ayirmas balo ekan, o`rgilaman-ey,
Ayirmas balo ekan.
Yoshlikda bergan ko`ngul
Ayirmas balo ekan, o`rgilaman-ey,
Ayirmas balo ekan.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 26, 2016