Jo'rabek - Ayt-ayt qo'shiq matni, lyrics

Jo'rabek

Ayt-ayt

Boqsang yuraging ado qiladi,
Sevgi olovida yondiradi,
Xayol gumoningni so`ndirar,
Oh Leylim-ey, oh Leylim-ey.

Qadam bosib keladi asal,
Man telbani qilib kasal.
Vauv, bu qiz buncha go`zal,
Leylim-ey.

O, sochlari sumbul sanam,
Qoshlari qalam, alam-alam,
Alam qilar har ko`rganda malikam.

Ayt, ayt, sevaman deb menga ayt,
Yonaman ishqingda deb.
Tunlari bedorman, hajringdamu jonim? (x2)

Yuragimga gul bo`lib,
Yorit qalbimni nur bo`lib,
Yo`q demagin hech dil zorim,
Bo`lgin sen vafodorim.

Kunduzlarimni kun demay,
Kutaveramanmi tun demay?
Javobsiz ketma indamay,
Leylim-ey.

O, sochlari sumbul sanam,
Qoshlari qalam, alam-alam,
Alam qilar har ko`rganda malikam.

Ayt, ayt, sevaman deb menga ayt,
Yonaman ishqingda deb.
Tunlari bedorman, hajringdamu jonim? (x2+x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt-ayt
Xonanda:
Jo'rabek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2019

O'xshash qo'shiqlar matnlari