Esimda hammasi, sen ham eslaysan, bilaman,
Balki mendakamas, nega unda birgamasmiz, ayt?
Kim bilan to`ldirding yarim yuragingni, ayt?
Jim bo`laman, bir umr jim yuraman.
Kimdir amallagan hayot loyiqmasmi menga?
Ayt nimasi yomon ekan so`rasa tengini tengi?
E, xohlagancha bo`laqolsin armon dengizi keng,
Qaytaman albatta, deya tursang menga sekin.
Tark etmagin yana, unutaman deya,
Yana senga talpinadi tana.
Netaman egar boshimni, bardoshimni sinama,
Ko`z yoshimni so`rama.
Men undan ko`ra seni o`ldiraman,
Meniki bo`l yoki umuman bo`lma,
Qolsang, hayoting baxtga to`ldiraman.
Jonim ol mani, holim qolmadi,
Sensiz yashashdan to`yib ketdim, yo`qolib qolma faqat.
Jonim ol mani, tanim olib qol faqat,
Shusiz ham tanim bo`sh, qoldirganing qon faqat.
Hayotimga baxt olib kelib, o`zing yo`qolib ketding,
Yarmimni olib ketding, qolgan yarmim qolib ketdi.
Ortga yo`qolib ket mayliga, agar o`lib ketsam,
Bu o`yinda men yutdim va yolg`izlik g`olibga.
Ichimda qolib gap, lekin sig`madi qolipga,
Ertaga bilganingni qil, yonimda qol birga.
Bu kecha axir o`zing muzlatding muz olib kelib,
Bir kecha quyoshim bo`l yo qalbga tuz olib sep.
Tark etmagin yana, unutaman deya,
Yana senga talpinadi tana.
Netaman egar boshimni, bardoshimni sinama,
Ko`z yoshimni so`rama.
Men undan ko`ra seni o`ldiraman,
Meniki bo`l yoki umuman bo`lma,
Qolsang, hayoting baxtga to`ldiraman.
[Morf]
Har kimning tengi bo`lsa, barcha baxt senga bo`lsin,
Mayli indamayman, so`nggi pushaymonni yengib bo`lsa.
Yo`q senga teng go`zal, maniki eding bo`lsang,
Sevish gunoh bo`lsa, yonay, meniki bo`lsang.
Bo`shliqqa termulib, hordim, mazmun ber, gulim,
Bizlar nuqta qo`ygan joyda taqdirning verguli.
Agar baxtli bo`lolsang, mayli ketaver kulib,
Gar va’da berolsang eslamaslikka bir kuni.
[Konsta]
Tark etmagin yana, unutaman deya,
Yana senga talpinadi tana.
Netaman egar boshimni, bardoshimni sinama,
Ko`z yoshimni so`rama.
Men undan ko`ra seni o`ldiraman,
Meniki bo`l yoki umuman bo`lma,
Qolsang, hayoting baxtga to`ldiraman.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 6, 2018