Ma'murjon Uzoqov - Ayrilmasin qo'shiq matni, lyrics

Ma'murjon Uzoqov

Ayrilmasin

Do`stlar, hech kim meningdek yoridin ayrilmasin, {x2}
Mehribon, munis o`shal dildoridin ayrilmasin.

Xonumonlami barbod berib, vaslig`a yetmay birgina,
Maxrimi ma’yusidin debonidin ayrilmasin. {x2}

Do`stlar, ko`rsatmasun mushkul judolik o`tini,
Dushmaning ham bo`lsa o`z g`amxoridin ayrilmasin.

Bandaye, yorab, Muqimiydek bo`lib хоr-u kasod,
Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasin. {x2}

Hajr osebi xazonida bo`lib sho`ridahol,
Andalebe men kabi gulzoridin ayrilmasin.

Qosido, ko`nglum qushi band erdi, ayg`il zinhor,
Ishqilibkim zulfi anbarboridin ayrilmasin.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayrilmasin
Xonanda:
Ma'murjon Uzoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2019