Toleyi kulgan elim,
Davroningdan aylanay.
Xumo qushi yarashgan,
Osmoningdan aylanay.
Yuksaklarga chorlagan,
Imkoningdan aylanay.
Madhing qancha kuylamay,
Ko`nglim aslo to`lmagay.
Ta’rifingni ayta-ayta
Ado qilib bo`lmagay.
Quchog`ingda ko`z ochgan
Har insonning qadri bor.
Shabbodalar sochida
Rayhonlarning atri bor.
Komillikka chorlagan
Navoiyning satri bor.
Madhing qancha kuylamay,
Ko`nglim aslo to`lmagay.
Ta’rifingni ayta-ayta
Ado qilib bo`lmagay.
Toleyi kulgan elim,
Davroningdan aylanay.
Xumo qushi yarashgan,
Osmoningdan aylanay.
Yuksaklarga chorlagan,
Imkoningdan aylanay.
Madhing qancha kuylamay,
Ko`nglim aslo to`lmagay.
Ta’rifingni ayta-ayta
Ado qilib bo`lmagay.
Bobo elim, momojon,
Xizmatingni qilaymi?
Bugungi baxt-iqboling
Manguligin tilaymi?
Asriy go`zal alyoring
Qo`shiqlarga ulayman.
Madhing qancha kuylamay,
Ko`nglim aslo to`lmagay.
Ta’rifingni ayta-ayta
Ado qilib bo`lmagay.
Toleyi kulgan elim,
Davroningdan aylanay.
Xumo qushi yarashgan,
Osmoningdan aylanay.
Yuksaklarga chorlagan,
Imkoningdan aylanay.
Madhing qancha kuylamay,
Ko`nglim aslo to`lmagay.
Ta’rifingni ayta-ayta
Ado qilib bo`lmagay.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 29, 2017