Lola Yuldasheva - Ketaver qo'shiq matni, lyrics

Lola

Ketaver

Sening ko`zingda, har bir so`zingda
Afsus, men emas.
Kulib turibman ichimdan yig`lab,
Go`yo og`ir emas.

Tunlar yolg`iz, tonglar sensiz,
Balki ko`nikaman.
Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
Seni unutaman!

Ketaver, ortga qaytma,
Sevaverishing aytma,
Ketaver, ketaver.
Mazmun yo`q sevgimizda,
Sening manziling o`zga,
Ketaver, ketaver. (x2)

Yillar o`zimni aldab yashardim,
Meni sevar deb.
Yolg`onlaringga ko`zim yumaverib,
Kutdim, o`tar deb.

Tinch qo`y meni, baxtli qil uni,
Meni o`ylama.
Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
Yetar, urinma!

Ketaver, ortga qaytma,
Sevaverishing aytma,
Ketaver, ketaver.
Mazmun yo`q sevgimizda,
Sening manziling o`zga,
Ketaver, ketaver. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketaver
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2017