Manzura - Sevganim

Manzura

Sevganim

Men bilgan bu dunyo,
Gohi tush, gohidir ro`yo.
Qanchalar olis ekan,
Yaqin deganim – keng samo.

Dildagi orzuim endi, bo`ldi armonim,
O, sen go`zal sevgim mening,
Endi qaydasan, qaydasan?
Dardim azobim sensan.

Sevganim, sevganim begonaday,
Lekin yuragim sog`inadi.
Ko`ngil esa yig`lar yana,
Qachon u keladi?

Sevganim, sevganim devonaday,
Lekin yuragim sog`inadi.
Ko`ngil esa yig`lar yana,
Dilimga nola to`ladi.

Men yetmagan sevgi
Yerdamas, osmonda edi.
Samoga qushdek uchib,
Toparman go`zal sevgimni.

Dildagi orzuim endi, bo`ldi armonim,
O, sen go`zal sevgim mening,
Endi qaydasan, qaydasan?
Dardim azobim sensan.

Sevganim, sevganim begonaday,
Lekin yuragim sog`inadi.
Ko`ngil esa yig`lar yana,
Qachon u keladi?
Sevganim, sevganim devonaday,
Lekin yuragim sog`inadi.
Ko`ngil esa yig`lar yana,
Dilimga nola to`ladi. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevganim
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2015