Sen aytgan hofiz men emasman,
O`z ovozim, o`zimning sozim bor.
Uyim shamolga to`la, izg`irin,
Na bahorim va na yozim bor.
Uyim shamolga to`la, izg`irin,
Na bahorim va na yozim bor.
Yolg`onni rost deb aytolmayman,
Qaro yuzlarni oqlolmayman.
Maqtolmayman ochiq ko`r ko`zlarni,
U ko`zlarda mening gumonim bor.
Maqtolmayman ochiq ko`r ko`zlarni,
U ko`zlarda mening gumonim bor.
Qarshi chiqmaslik vijdonimga
Singib ketgan qon-qonimga.
Qasd qilsalar ham jonimga,
Yolg`onni rost deb aytolmayman.
Ey, yey-yey, qasd qilsalar ham jonimga,
Yolg`onni rost deb aytolmayman.
Balki yurgan yo`lim oxiri jar,
Balki onam aytgandek men o`jar,
Ostonamda tursa ham ajal,
Men ortimga qaytolmayman.
Ey, yey-yey, ostonamda tursa ham ajal,
Men ortimga qaytolmayman.
Ostonamda tursa ham ajal,
Men ortimga qaytolmayman.
Ey, yey-yey, ostonamda tursa ham ajal,
Men ortimga qaytolmayman.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 29, 2017