Sen gul bo`lib ochilding-u, kelmading,
Ko`ngil uchun bir kun gulday turmading.
Ilhom kelsa, gohida sen kelmading, {x2}
Muhabbatim, faqat sensan armonim. {x2}

Seni eslab, oqartirdim tunlarni, tunlarni,
Yodga olib eng baxtiyor kunlarni, kunlarni.
Sen men qolib, baxtli qilding kimlarni? {x2}
Muhabbatim, faqat sensan armonim. {x2}

Suvday oqib o`tib borar hayotim, hayotim,
Sog`inganda uchmoqqa yo`q qanotim, qanotim.
Faqat o`zing – ham qo`shig`im, bayotim, {x2}
Muhabbatim, faqat sensan armonim. {x2}

Gul bilarman, meni eslab kelmaysan, kelmaysan,
Gar kelsang ham, mening bilan qolmaysan, qolmaysan.
Bechorani nazaringga olmaysan, {x2}
Muhabbatim, faqat sensan armonim. {x2}

Muhabbatim, faqat sensan armonim… {x2}
Armonim, armonim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Universal Lyricsga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbatim
Xonanda:
Muhammad Karim Soipov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 16, 2019