Qaro ko`zum, kelu mardumlug` {x2} emdi fan qilg`il,
Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il.
Yuzung gulig`a ko`ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig`a jon gulshanin chaman qilg`il, ay yor-ay.
Takovaringg`a bag`ir qonidin xino bog`la, {x2}
Itingg`a g`amzada jon rishtasin rasan qilg`il, yor-ay, voy yor-ay.
Firoq tog`ida topilsa tufrog`im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog`da ko`hkan qilg`il.
Yuzung visolig`a yetsun desang ko`ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog` chin ila shikan qilg`il.
Xazon sipohiga, ey bog`bon, emas mone’
Bu bog` tomida gar ignadin tikan qilg`il, ay-ay, voy yor-ay.
Yuzida terni ko`rub o`lsam, ey rafiq, meni {x2}
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg`il, ey yor-ay, hay, voy yor-ay.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, hay, hay, voy yor-ay,
Aning boshog`lig` o`qin sham`i anjuman qilg`il, voy-ey, voy yor-ay.
Voy adoman-ey, voy yor-ay, ey yor-ay, dod-ay, omon bo`ling-ay…
Ushbu qo’shiq matni uchun Shahnozaga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 27, 2016